Buyuk Britaniya Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan cheklovlar joriy qildi.
Britaniya hukumati saytidagi yangilangan qora ro‘yxat shundan dalolat bermoqda.
Londonga ko‘ra, Smotrix va Ben-Gvir "insonning shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazodan ozod bo‘lish huquqini jiddiy buzadigan faoliyatlar, jumladan, Iordan daryosining G‘arbiy sohilida falastinliklarga nisbatan sodir etilgan tajovuz va zo‘ravonlik harakatlari bilan shug‘ullanish, undash, rag‘batlantirish va/yoki qo‘llab-quvvatlash uchun javobgardir".
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya ham Smotrix va Ben-Gvirga qarshi "sanksiya va boshqa choralarni e’lon qilganini" aytdi.
Eslatib o‘tamiz, cheklovchi choralar Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlash va hisob raqamlarini muzlatishni o‘z ichiga oladi.