Avstriyada Gras shahridagi maktablardan birida yuz bergan otishma munosabati bilan uch kunlik milliy motam e’lon qilinadi.
Bu haqda kansler Kristian Shtoker xabar berdi.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi, jumladan, o‘z joniga qasd qilgan jinoyatchi halok bo‘lgan. Maktabning sobiq o‘quvchisi bo‘lgan 21 yoshli yigit hammomlardan birida o‘lik holda topilgan. U ikkita sinf xonasida to‘pponcha va miltiqdan o‘q uzgan.
Bundan tashqari, otishma natijasida 30 ga yaqin kishi jarohatlangan.