AQSh sun’iy intellekt sohasida yetakchi bo‘lsa-da, robototexnika poygasida Xitoyni ortda qoldirish uchun jiddiy choralar ko‘rishi zarur. Xitoyda esa bu orada robotlar sohasini rivojlantirish uchun 1 trln yuanlik davlat fondi tashkil etdi va bu global raqobatga jiddiy chaqiruv bo‘lib turibdi.
Time jurnalida chop etilgan tahlilga ko‘ra, Tesla, Boston Dynamics va Apptronik kabi kompaniyalar Kongressni bu tahdidga tezkor va keng qamrovli javob qaytarishga chaqirmoqda. Apptronik bosh direktori Jeff Kardenas ta’kidlashicha, AQSh II sohasida yetakchi ekanligini saqlab qolish uchun milliy strategiya zarur.
Muvaffaqiyat uchun AQSh federal darajada kompleks robototexnika strategiyasini ishlab chiqishi kerak. Bu strategiya davlat va xususiy sektorning hamkorligini muvofiqlashtirishi, tadqiqot va ishlanmalarga davlat investisiyalarini ko‘paytirishi lozim.
Shu bilan birga, robotlar bilan ishlay oladigan kadrlar tayyorlash, ishchilarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerak. Milliy robototexnika ishlab chiqarishini rivojlantirish, samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratish tavsiya qilinmoqda.
Tahlilda ta’kidlanishicha, insonlar bilan birga ishlaydigan robotlar, tibbiyotdagi SI yechimlar, raqamli egizaklar kabi texnologiyalar iqtisodiy o‘sishning yangi drayveriga aylanishi mumkin.
Time xulosasiga ko‘ra, AQShda qaror qabul qiluvchilar tezkor harakat qilmasa, mamlakat robototexnikadagi raqobatni yo‘qotishi va o‘z texnologik kelajagidan mahrum bo‘lishi mumkin.