Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

BMT: Jahonda tug‘ilish darajasi keskin pasaymoqda

BMT: Jahonda tug‘ilish darajasi keskin pasaymoqda

BMTning yangi hisobotiga ko‘ra, global miqyosda tug‘ilish darajalari keskin pasaymoqda. Bunga asosiy sabablar sifatida ota-ona bo‘lish xarajatlarining ortishi va munosib turmush o‘rtoq topishdagi muammolar ko‘rsatilmoqda.

BMTning Reproduktiv huquqlar bo‘yicha agentligi — UNFPA 14 mamlakatda 14 ming kishini so‘rovdan o‘tkazib, har besh nafar respondentdan biri istalgan farzand sonini tug‘ishga erisha olmaganini yoki erisha olmasligini ma’lum qilgan. Bu mamlakatlar orasida Hindiston, AQSH, Braziliya, Janubiy Koreya, Germaniya, Shvesiya, Nigeriya va boshqalar bor — ular dunyo aholisining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 39 foiz ishtirokchi farzand ko‘rishga moliyaviy qiyinchiliklar to‘siq bo‘layotganini aytgan. Janubiy Koreyada bu ko‘rsatkich 58 foizgacha yetgan bo‘lsa, Shvesiyada 19 foizni tashkil etgan. Ayrim mamlakatlarda tug‘ish qiyinchiligi (bepushtlik) ham sezilarli omil bo‘lib, Tailand, AQSH, Janubiy Afrika, Nigeriya va Hindistonda bu ko‘rsatkich 13–19 foizni tashkil qilgan.

UNFPA rahbari doktor Nataliya Kanem bu holatni «aholi soni bo‘yicha mislsiz inqiroz» deb atadi va bu global miqyosda odamlar o‘zlari istagancha oila qurish imkoniyatiga ega emasliklarini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, UNFPA tug‘ilish pasayishiga nisbatan shoshma-shosharlik bilan siyosiy choralar ko‘rishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Tashkilot rahbarlari ayrim davlatlarning aholi kamayishi bahonasida millatchi va genderga oid mutaassib siyosatlar olib borayotganini tanqid qilmoqda.

BMTning ushbu so‘rovi 50 ta mamlakatni qamrab oladigan kengroq tadqiqotning pilot bosqichi hisoblanadi. Mutaxassislar bu masalada shoshqaloq siyosiy qarorlar emas, aniq va chuqur tahlillarga asoslangan yondashuv zarurligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 17:52 10.06.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!