Mahalliy OAVga ko‘ra, otishma mamlakatning Gras shahridagi maktablardan birida sodir bo‘lgan.
Qurolli hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 10dan ortiq kishi yaralandi.
Polisiya keng qamrovli xavfsizlik amaliyotini boshladi
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda aytilishicha, otishma BORG federal maktabi binosida yuz bergan.
Otishma erta tongdan boshlangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi haqiqiy gimnaziyaning ikkita sinfida otishma sodir etgan. Qurbonlar orasida o‘qituvchilar ham, o‘quvchilar ham bor. Hammasi bo‘lib 20 ga yaqin o‘q uzilgan. O‘q uzgan shaxs haqida hozircha ma’lumotlar kam, u otishma uyushtirgan gimnaziyada o‘qigani ma’lum, Kronen Zeitung nashrining yozishicha, u o‘zini zo‘ravonlik qurboni deb his qilgan.