Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston—Bolgariya hamkorligini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklarasiya imzolandi

O‘zbekiston—Bolgariya hamkorligini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklarasiya imzolandi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklarasiyani imzoladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026—2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim almashildi

Eslatib o‘tamiz, Bolgariya prezidenti Rumen Radev Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi.

Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investisiya forumida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 14:29 10.06.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!