Joriy yilning 10 iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Chimyon» MFY hududida joylashgan yog‘ochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:13 da o‘rab olingan va soat 04:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida restoranning taxminan 300 kv.m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.