Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 9 iyun kuni Universal Mobile Systems (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Xalqaro darajada xususiylashtirish jarayonini muvaffaqiyatli va samarali tashkil etish maqsadida Rothschild & Co xalqaro investisiya banki bitim bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant sifatida, KPMG xalqaro kompaniyasi — moliyaviy konsultant sifatida hamda moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (vendor due diligence) o‘tkazish bo‘yicha, shuningdek, mustaqil baholovchi sifatida Deloitte xalqaro kompaniyasi jalb qilingan.
Xususiylashtirish jarayoni ochiq raqobat asosida amalga oshiriladi, unda mahalliy va xalqaro talabgorlar ishtirok etishi mumkin.