Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Akademik liseylarga qabul jarayonlari boshlandi

Akademik liseylarga qabul jarayonlari boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 73 ta akademik liseyga jami 15 262 ta kvota ajratildi.

Hujjatlar 10 iyundan boshlab my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

— 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

— O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Kiritildi: 11:09 10.06.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!