AQShda Trampning 2050 yilgacha mamlakatda yadroviy energetikani to‘rt barobar oshirish bo‘yicha farmonidan so‘ng 10 ta yadroviy reaktor qurish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda FT nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Westinghouse kompaniyasi noyob holatda turibdi, chunki uning reaktor loyihasi allaqachon tasdiqlash jarayonidan o‘tgan va kompaniyaning ta’minot zanjirlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
10 ta reaktorni barpo etish xarajati kamida 75 milliard dollarga tushishi kutilmoqda.