Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Diqqat! Bugundan haydovchilar uchun balli jarimalar kuchga kirdi

A A A
Diqqat! Bugundan haydovchilar uchun balli jarimalar kuchga kirdi

1 iyundan boshlab haydovchilar uchun balli jarimalar tizimi kuchga kirdi.

Jadvalda ayrim qoidabuzarliklar va ular uchun belgilangan balllar miqdori ko‘rsatilgan. Masalan, tezlikni oshirish holatida quyidagicha balllar hisoblanadi:

🔹 20 km/soatgacha — 0,5 ball

🔹 20–40 km/soat — 1 ball

🔹 40–60 km/soat — 1,5 ball

🔹 60 km/soatdan yuqori — 2 ball.

Har bir to‘plangan ball haqida haydovchilarga SMS orqali xabar beriladi.

Haydovchilar o‘z ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni E-jarimaball moduli, maxsus mobil ilovalar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bilishlari mumkin.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi ham yaratiladi.

Kiritildi: 17:53 01.06.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!