Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Bugun Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tmoqda

Kurash liberallar nomzodi, amaldagi bosh vazir Donald Tuskning safdoshi, Varshava meri Rafal Tshaskovskiy va konservator, Polsha Milliy xotira instituti rahbari Karol Navroskiy o‘rtasida kechadi.

Navroskiyni Polshaning eng yirik muxolif partiyasi “Qonun va adolat” (PiS) qo‘llab-quvvatlamoqda. Polshaning amaldagi prezidenti Anjey Duda ham mazkur partiya a’zosi hisoblanadi.

Saylovlarning birinchi turida Tshaskovskiy 31,36% ovoz olgan bo‘lsa, Navroskiy 29,54% ovoz to‘plagan.

Ammo hozirda Navroskiyni birinchi turda jami 21,3% ovoz olgan bir nechta o‘ng qanot nomzodlari qo‘llab-quvvatlamoqda. Agar ularning ovozlari Navroskiynikiga qo‘shilsa, u ikkinchi turda 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi mumkin.

Navroskiy Ukrainaga va Zelenskiyga nisbatan keskin bayonotlari bilan tanilgan. Shuningdek, u o‘ng qanotdagi “Konfederasiya” partiyasi yetakchisi Slavomir Mensen bilan ikkinchi turda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv doirasida Ukrainani NATO'ga a’zoligiga qarshilik qilishini e’lon qilgan.

Liberal va yevropaparast kuchlar saylovchilarni safarbar qilish uchun kampaniya boshlagan, unda Navroskiy “Putinga moyil nomzod” sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, yakuniy natijalar haqida gapirishga hali erta, ayni damda har ikki nomzodning g‘alaba qozonish imkoniyatlari deyarli teng va kurash nihoyatda keskin bo‘ladi.

Kiritildi: 13:58 01.06.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!