Pit Hegset Xitoyning Tayvanga ehtimoliy bosqiniga zudlik bilan tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida ogohlantirdi. U Qo‘shma Shtatlarning Osiyodagi hamkorlarini mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotining 5 foizigacha mablag‘ sarflashga chaqirdi.
"Kommunistik Xitoyning Tayvanni bosib olishga bo‘lgan har qanday urinishi Hind-Tinch okeani mintaqasi va butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib keladi. Pekin nafaqat o‘z armiyasini kuchaytirmoqda, shu bilan birga, Xitoy har kuni Tayvanga haqiqiy hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun faol mashq qilmoqda. Si o‘z qurolli kuchlariga 2027 yilgacha Tayvanga bostirib kirishga tayyor bo‘lishni buyurgan", – deya ta’kidladi AQSh Mudofaa vazirligi rahbari.
Shuningdek, Hegset Vashington Pekinning ambisiyalarini jilovlay olmasa, Xitoy bilan urushga tayyorligini bildirdi.
Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas esa Rossiya va Xitoy ittifoqini bugungi kunning "eng katta chaqirig‘i" deb atadi.