Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShdagi qora tanli faollar Maskning Memfis shahridagi superkompyuterini o‘chirishni talab qilmoqda

AQShdagi qora tanli faollar Maskning Memfis shahridagi superkompyuterini o‘chirishni talab qilmoqda

Amerikaning Rangli aholi taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi milliy uyushmasi (NAACP) havo ifloslanishi xavfi tufayli Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Colossus superkompyuterini to‘xtatishni talab qilib, Memfis shahar hokimiyatiga murojaat qilganini NBC xabar bermoqda.

Faollarning ta’kidlashicha, energiya ta’minoti uchun metan gaz turbinalaridan foydalanayotgan korxona qora tanlilar istiqomat qiladigan hududlar aholisining sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda.

NAACP rahbari Derrik Jonson shunday dedi:

"Dunyodagi eng boy odam bo‘lishingiz qora tanli jamoalarni ifloslantirish va ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish huquqini bermaydi... Biz sog‘liqni saqlash departamentidan zudlik bilan aralashishini talab qilamiz."

Kiritildi: 21:47 31.05.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!