Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Kiyev meri Vitaliy Klichko The Times gazetasiga bergan intervyusida shahar kengashi faoliyati reydlar, tergovlar va soxta jinoiy ishlar ochish tahdidlari tufayli falaj holatga tushganini ma’l

Kiyev meri Vitaliy Klichko The Times gazetasiga bergan intervyusida shahar kengashi faoliyati reydlar, tergovlar va soxta jinoiy ishlar ochish tahdidlari tufayli falaj holatga tushganini ma’l

Kiyev meri Vitaliy Klichko The Times gazetasiga bergan intervyusida shahar kengashi faoliyati reydlar, tergovlar va soxta jinoiy ishlar ochish tahdidlari tufayli falaj holatga tushganini ma’lum qildi.

"Bu urush bahonasida demokratik tamoyillar va institutlarni yo‘q qilish. Bir paytlar yurtimizda avtoritarizm hidi kelayotganini aytgan edim. Endi bu hid yanada badbo‘y tus oldi", – deya ta’kidladi Klichko.

The Times Zelenskiy va Klichko o‘rtasidagi ziddiyatni batafsil yoritib, siyosatchilar hozirda “o‘zaro urush holatida" ekanligini ta’kidlagan.

The Times Milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosining “Toza shahar” nomli keng ko‘lamli operasiyasini eslatib o‘tadi. Uning maqsadi shahar hokimiyatidagi yer savdosiga oid korrupsiyaga aloqador jinoiy tashkilotni fosh etish edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev merligining yetti nafar xodimi qamoqqa olingan.

O‘z navbatida, Klichko Zelenskiyni butun mamlakat bo‘ylab harbiy ma’muriyatlari orqali shaharlarning saylangan merlaridan hokimiyatni tortib olish uchun foydalanayotganlikda aybladi.

"Ko‘plab merlar qo‘rquvda, ammo mening mashhurligim himoya qilmoqda. Chernigov meri ishdan bo‘shatilishi mumkin, ammo poytaxt merini, butun dunyo tanigan odamni lavozimidan olish juda qiyin. Shu sababli mening obro‘yimni tushirish va uni butunlay yo‘q qilish uchun harakat qilishmoqda", — dedi Klichko.

Kiritildi: 20:18 31.05.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!