Yaponiya Milliy axborot-kommunikasiya texnologiyalari instituti (NICT) muhandislari guruhi ma’lumotlar uzatish sohasida yangi marrani zabt etib, 402 Tbit/s tezlikda jahon rekordini o‘rnatdi va avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkichni 25 foizga oshirdi.
Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday tezlik bir soniyada 12,5 mingga yaqin filmni yuklab olish imkonini beradi.
Bunday qudratli natijaga erishish yapon mutaxassislarining yangi texnikani qo‘llashi va ilgari ishlatilmagan to‘lqin uzunligi diapazonlarini ishga tushirishi tufayli sodir bo‘ldi.
Rekord laboratoriya sharoitida o‘rnatildi, ammo olimlar kelajakda ma’lumotlarni transokean masofalariga uzatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, zamonaviy kompyuterlar bunday quvvat ulanishi bilan ishlay olmaydi. Ayni paytda tijorat tarmoqlarida oddiy internetga ulanish tezligi 10 Gbit/s dan oshmaydi.