Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi katta ehtimol bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’muriyatining Istanbuldagi ish ofisida bo‘lib o‘tadi.
"Ehtimol, yana Dolmabaxchadagi ish ofisida," - deya xabardor manbaning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ofis Istanbulning tarixiy tumanlaridan biridagi shu nomdagi saroy yaqinida joylashgan.