Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Maskni davlat xizmatidan kuzatish marosimida unga “oltin kalit”ni topshirdi

Tramp Maskni davlat xizmatidan kuzatish marosimida unga “oltin kalit”ni topshirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimidan ketishini e’lon qildi va unga Oq uy tasviri tushirilgan qutida ramziy oltin kalit topshirdi.

Mask hali ham davlat xarajatlari bir trillion dollarga qisqartirilishini kutayotganini aytdi. CNN'ning yozishicha, dastlab Mask byudjet xarajatlarini ikki trillion dollarga qisqartirishga va’da bergan, biroq keyinchalik bu summani ancha kamaytirgan.

Tramp Maskni “dunyoning eng buyuk biznes rahbarlari va innovatorlaridan biri” deb atadi.

Mask bunga javoban hukumat lavozimini tark etganidan keyin ham prezident Trampning “do‘sti va maslahatchisi” bo‘lib qolishini aytdi.

"Ilon aslida ketmayapti. U bu yerga kelib turadi. Menimcha, u hali juda ko‘p katta ishlarni qiladi", — dedi Donald Tramp.

Kiritildi: 12:59 31.05.2025. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!