Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

So‘nggi 20 yilda dunyoda chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi

So‘nggi 20 yilda dunyoda chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘yicha tamaki iste’moli qariyb uchdan bir qismga qisqargan. Boshqacha aytganda, bu davr ichida chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bu — 20 yil avval kuchga kirgan Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiya samarasi.

Shunga qaramay, pasayish tendensiyasi xotirjamlik uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki tamaki hanuz dunyo bo‘ylab oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlarining asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Ya’ni ushbu illat oqibatida yiliga 8,7 million odam hayotdan ko‘z yumayotgani achinarli.

Qolaversa, tamaki tutuni passiv chekuvchilar, ya’ni yon-atrofdagi insonlar hayotini ham zaharlamoqda. Xuddi shu omil yiliga 1,2 million nafardan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti.

JSSTning qat’iy xulosasiga ko‘ra, qaysi turda va qancha dozada bo‘lmasin, tamaki iste’moli sog‘liq uchun zararli!

Mavjud vaziyatni hisobga olib, JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizasiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirdi.

Kiritildi: 13:52 24.05.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!