Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Bosh prokuraturasi Amnesty International'ni “nomaqbul tashkilot” deb e’lon qildi

Rossiya Bosh prokuraturasi Amnesty International'ni “nomaqbul tashkilot” deb e’lon qildi

Prokuratura bayonotida ta’kidlanishicha, Amnesty International'ning Londondagi shtab-kvartirasi “Kiyevning homiylari tomonidan moliyalashtirilgan global rusofob loyihalar tayyorlash markazi” bo‘lib xizmat qilmoqda.

"Maxsus harbiy operasiya boshlanganidan beri tashkilot faollari mintaqadagi harbiy qarama-qarshilikni kuchaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda", deyiladi Rossiya Bosh prokuratura bayonotida.

O‘tgan yili Amnesty International inson huquqlari tashkiloti o‘z hisobotida Rossiya hukumatining Ukrainadagi bosib olingan hududlarda o‘qituvchilarni tahdid va shantaj orqali bolalarga Kreml mafkurasi bilan to‘yingan Rossiya o‘quv dasturini o‘rgatishga majburlayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 20:30 19.05.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!