Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

NYT: Eron uranni boyitish uchun AQSh sarmoyalarini jalb qilgan holda konsorsium tuzishni taklif qilmoqda

NYT: Eron uranni boyitish uchun AQSh sarmoyalarini jalb qilgan holda konsorsium tuzishni taklif qilmoqda

"Bu taklif Eron yadroviy dasturining “to‘liq tugatilishi” tashabbusiga muqobil bo‘lishi mumkin", deb yozmoqda gazeta Eronning to‘rt nafar rasmiylariga tayanib.

The New York Times'ning yozishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu g‘oyani Qo‘shma Shtatlar prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffga 11 may kuni Ummonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida taklif qilgan. Biroq Uitkoff uchrashuvda bu masala ko‘tarilmaganini bildirgan.

Rejaga ko‘ra, konsorsium tarkibida Eron bilan bir qatorda Saudiya Arabistoni va BAA ham bo‘ladi. Kelishuv asosida Eron uranni 3,67% darajasigacha boyitishi mumkin, shundan so‘ng u boshqa arab davlatlariga fuqarolik ehtiyojlari uchun yuboriladi.

Bunday darajadagi boyitish — yadro quroli ishlab chiqarish uchun yetarli bo‘lmagan daraja hisoblanib, u 2015 yilda imzolangan Eron yadroviy bitimida ham nazarda tutilgan. Ammo yangi taklifning asosiy farqi shundaki, u xorijiy davlatlar, jumladan Qo‘shma Shtatlardan kuzatuvchilarni Eron yadroviy ob’ektlariga joylashtirishni nazarda tutadi.

AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy kelishuv bo‘yicha bilvosita muzokaralar 2025 yilning aprel oyida boshlangan. Ikki davlat o‘rtasidagi Eron yadroviy dasturi borasidagi tortishuvlar esa bir necha o‘n yillardan beri davom etmoqda.

Kiritildi: 12:32 14.05.2025. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!