Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

DXX: “Haj” va “Umra” ziyoratlarini qonunga xilof ravishda tashkil etishga uringan sayyohlik firmalarining harakatlariga chek qo‘yildi

DXX: “Haj” va “Umra” ziyoratlarini qonunga xilof ravishda tashkil etishga uringan sayyohlik firmalarining harakatlariga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmalardan birining 4 nafar xodimi 3 nafar fuqaroni ishchi vizasi orqali “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 7 ming AQSh dollaridan hamda 1 nafar fuqaroni sayyohlik vizasi orqali yuborish evaziga 5 ming AQSh dollari, jami 26 ming AQSh dollari talab qilishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Xizmatning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmaning ish yurituvchisi 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari, shuningdek, 3 nafar fuqaroni “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xizmatning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1999 y.t. shaxs joriy yilda “Haj” safariga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarga soxta e’lonlar joylab, 3 nafar fuqaroning ishonchiga kiradi. Ularning har biridan 4900 AQSh dollari, jami 14.700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Xizmatning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chust tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari “Umra” ziyoratini tashkil etish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lmay turib, 3 nafar fuqaroni 1350 AQSh dollaridan, jami 4050 AQSh dollariga “Umra” ziyoratiga yuborishini aytib, shundan 4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Toshkent shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs poytaxtda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat orqali 5 nafar fuqaroni jami 27 ming AQSh dollari evaziga “Haj” vizasi asosida diniy amallarni bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, oldindan 13.500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan barcha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, “Umra” safariga borishdan oldin har qanday turistik firmaning Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan taqdim etilgan “Umra” lisenziyasi borligini tekshirish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 09:22 14.05.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!