Evropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini to‘liq kelishib oldi - Handelsblatt yevropalik diplomatga tayanib xabar bermoqda.
Unga Vengriya yoki Slovakiyaning vetosidan cho‘chib, hech qanday "bahsli takliflar" kiritilmagan.
"Biz sanksiyalar orqali erishish mumkin bo‘lgan chegaraga yetib keldik," - dedi suhbatdosh. Aslida, nashr yozishicha, yangi choralar oldingi 16-paketdan tashqariga chiqmaydi.