Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampning Yaqin Sharqdagi harakatlari Netanyaxuning g‘ashini keltirmoqda

Trampning Yaqin Sharqdagi harakatlari Netanyaxuning g‘ashini keltirmoqda

Yaqin Sharq Tashqi ishlar kengashi a’zosi Umar Rahmonning fikricha, prezident Trampning mintaqaga tashrifi Isroilning G‘azoga qarshi urushi va AQShning eng sodiq ittifoqchisi bilan munosabatlari xususida ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.

AQSh Isroilning ishtirokisiz Eron, HAMAS va Yamandagi husiylar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borayotgan bir paytda, ko‘plab kuzatuvchilar Netanyaxu boshchiligidagi hukumatning hozirgi kunda Tramp ma’muriyati bilan munosabatlari qay ahvolda ekanligini bilishni istayapti.

"Tramp Falastin davlatini tan olishi mumkinligi haqida ko‘p gap-so‘zlar yuribdi. Shubhasiz, bu ulkan yutuq, juda katta o‘zgarish bo‘lardi," deya ta’kidladi Rahmon Al Jazeera telekanaliga.

"Hozirgi paytda G‘azoda genosid sodir bo‘lmoqda va bu darhol to‘xtatilishi lozim. Shu bois, menimcha, Fors ko‘rfazi yetakchilari Trampga bosim o‘tkazishadi, u esa o‘z navbatida Netanyaxuga ta’sir o‘tkazib, bu holatga barham berishga majbur qiladi."

Rahmon aytishicha, Trampning safaridan oldin u va Netanyaxu o‘rtasida Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha kelishmovchilik borligi haqida ko‘plab "ishoralar" bo‘lgan.

"Bu yerda muammolar mavjudligiga ishonish uchun haqiqiy asoslar bor. Biz so‘nggi haftalarda Trampning isroilliklar uchun muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator qarorlar qabul qilganini ko‘rdik... Bu kabi masalalar Netanyaxuning g‘ashini keltirmoqda."

Kiritildi: 20:41 13.05.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!