Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin bilan muzokara olib borishga mendan boshqa hech kimning haqqi yo‘q. Bu mening vazifam. O‘zimga hech narsani man etmaganman - Zelenskiy

Putin bilan muzokara olib borishga mendan boshqa hech kimning haqqi yo‘q. Bu mening vazifam. O‘zimga hech narsani man etmaganman - Zelenskiy

Ukraina Prezidentining boshqa bayonotlari:

▪️Putin o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni istamaydi. U men bilan yuzma-yuz muzokaralardan qo‘rqadi.

▪️Payshanba kuni Turkiyada Putin bilan ehtimoliy uchrashuv haqida:

"Men uchrashuvga tayyorman. Bu odam bilan 2019 yil dekabrda uchrashganman. Nima haqida gaplashishni aniq bilaman - haqiqat biz tomonda.

Biroq, odamlar uchun birinchi qadamni qo‘yishimiz kerak, deb hisoblayman. Butun dunyo buni, avvalo, ukrainaliklar manfaati uchun qo‘llab-quvvatlamoqda. Hamma urush tugashini xohlaydi. Biz urushni tugatish jarayonini boshlash haqida kelishmoqchimiz. Hech bo‘lmaganda, boshlanishi to‘g‘risida."

▪️ 15 may kuni Anqarada Erdo‘g‘an bilan uchrashuvim bor, Putin bilan uchrashuvni kutamiz. Agar Putin Anqaraga kelishga rozi bo‘lmasa, biz Erdo‘g‘an bilan Istanbulga jo‘nab ketamiz. Bu uchrashuv amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz.

▪️Xitoy tomonidan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashlari haqida xabar oldik.

▪️Trampga Istanbuldagi uchrashuvga qo‘shilishni taklif etdik.

Kiritildi: 20:35 13.05.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!