🔘O‘zbekiston tarixda ilk bor 2025/2027 yillar uchun BMT Turizmning Yevropa bo‘yicha komissiyasi raisligiga o‘z nomzodini ilgari surmoqda.
🔘Bu tashabbus mamlakatimizning xalqaro turizm tashkilotlari doirasidagi faolligi va yuksak ishonchga sazovor bo‘layotganining yaqqol ifodasidir.
🔘BMT Turizm Yevropa komissiyasi tarkibiga Yevropa, Markaziy va G‘arbiy Osiyoning 41 ta davlati kiradi. Komissiya Yevropa mintaqasidagi turizm siyosatini shakllantirish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
🔘Komissiyaning 71-yig‘ilishi 2025 yil 4–6 iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilish davomida 2025/2027 yillarda BMT Turizm Yevropa komissiyasiga rais saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan .