Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasining hal qiluvchi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

O‘zbekiston terma jamoasining hal qiluvchi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.

BAA – O‘zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VARda esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

Kiritildi: 16:36 13.05.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!