AQSh prezidentining maxsus vakili Uitkoffning ta’kidlashicha, Ukrainadagi nizoni Vladimir Putin roziligisiz hal etishning iloji yo‘q.
Unga ko‘ra, muzokaralardagi asosiy mavzular rasmiy Kiyevning muayyan hududlardan voz kechishi, Zaporijjya AESdan foydalanish imkoniyatini saqlab qolishi, Dnipro daryosi va Qora dengizga yo‘lakka ega bo‘lish masalalari bo‘ladi.
«Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishini talab qilmoqda. Aks holda, AQSh bu jarayonni tark etadi», — dedi Uitkoff.