Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng fuqaro mulkiga qo‘yilgan ta’qiqlar yechildi

Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng fuqaro mulkiga qo‘yilgan ta’qiqlar yechildi

Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi fuqaro N.I. tomonidan 2024 yilda elektron onlayn-auksion orqali xarid qilingan bir nechta yer uchastkalari hozirgi kunga qadar uning nomiga rasmiylashtirilmagani sababli, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qildi.

Fuqaro murojaatida auksion bayonnomalari rasmiylashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, Payariq tumani MIB tomonidan har bir yer uchastkasiga o‘ntadan ortiq taqiq qo‘yilgani, shu sababli yer uchastkalari uning nomiga rasmiylashtirilmayotgani bildirgan.

Shuningdek, u ushbu masala bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilganini, ammo muammo hal etilmaganini ma’lum qilgan.

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, uning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlanishicha, Payariq tumani MIB tomonidan yer uchastkalarini rasmiylashtirishga qo‘yilgan taqiqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 aprelda qabul qilingan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablariga zid bo‘lgan.

Tegishli choralar ko‘rilishi natijasida Payariq tumani MIB tomonidan yer uchastkalarini rasmiylashtirishga qo‘yilgan barcha ta’qiqlar bekor qilindi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Kiritildi: 15:50 01.05.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!