Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar berdi.
Er silkinishi Turkiyaga qo‘shni Gresiya, Ruminiya va Bolgariyada ham sezildi. Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida xabar berilgani yo‘q.
Istanbuldagi 3,9 va 6,2 magnitudali ketma-ket zilzilalardan so‘ng Silivri qirg‘oqlarida yana 4,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani qayd etildi.