Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Londondagi muzokaralarda avvalroq Ukraina delegasiyasiga taqdim etilgan “tinchlik rejasi”ga Kiyevning munosabatini eshitishni istaydi — The Telegraph

 AQSh Londondagi muzokaralarda avvalroq Ukraina delegasiyasiga taqdim etilgan “tinchlik rejasi”ga Kiyevning munosabatini eshitishni istaydi — The Telegraph

Nashr manbalariga ko‘ra, ushbu reja quyidagilarni nazarda tutadi:

◾️ Hozirgi front chizig‘ida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatiladi;

◾️ Ukraina va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanadi;

◾️ Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lish rejasidan voz kechishi kerak, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga ruxsat beriladi;

◾️ AQSh Qrimning Rossiyaga tegishliligini de-yure tan oladi. Shuningdek, Rossiyaning Ukrainadan bosib olingan boshqa hududlari ustidan nazoratini de-fakto tan oladi;

◾️ Rossiya Xerson viloyatidagi “ikki kichik hudud”dan qo‘shinlarini olib chiqishi kerak, Ukraina esa Dnepr daryosining quyi oqimi bo‘ylab kemalarining erkin harakatlanishi huquqini oladi;

◾️ AQSh Zaporoje AESi ustidan nazorat o‘rnatadi. AESda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ham Ukrainaga, ham Rossiya nazoratidagi hududlarga yetkazib beriladi;

◾️ Qo‘shma Shtatlar va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha bitim imzolanadi;

◾️ Qo‘shma Shtatlar tomonidan 2014 yildan beri Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan barcha sanksiyalarni bekor qilinadi.

Shu bilan birga, bu reja AQSh tomonidan na Ukraina, na urushdan so‘ng kiritilishi mumkin bo‘lgan Yevropa kontingenti uchun xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olmaydi. Nashrning eslatishicha, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri AQSh tomonidan himoya kafolatlarisiz Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni kiritishga qarshi chiqqan edi.

"Bu reja Ukraina uchun og‘riqli murosa bo‘ladi, chunki u o‘z hududlarining bir qismini yo‘qotadi, ammo Qo‘shma Shtatlardan aniq xavfsizlik kafolatlarini olmaydi. Shu bilan birga, Putin hatto rejada nazarda tutilgan kichik hududiy yon berishlarga ham rozi bo‘lishi dargumon", deb yozadi The Telegraph.

Kiritildi: 13:23 23.04.2025. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!