O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.