Bu haqda RIA Novostiga uning rafiqasi Yekaterina ma’lum qildi.
"Ehtimol, mart, aprel yoki hatto mayning boshlarida borishimiz mumkin. Bu turoperatorga bog‘liq. Biz Ufada to‘yni nishonlashdan oldin Makka va Madinaga borishni istaymiz, to‘y may oyiga rejalashtirilgan. Bizda hayot ancha serqirra," – dedi u.
Monson o‘tgan yil yozida islomni qabul qilganidan beri umra ziyoratiga borishni orzu qilib kelayotgan ekan.