Aktau yaqinida AZAL samolyotining qulashi oqibatida yaralangan besh nafar rossiyalik shifoxonalarda qolmoqda.
Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznesov ma’lum qildi.
"Besh nafar jabrlanuvchi federal markazlardagi shifoxonalarda davolanmoqda; ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir, ijobiy dinamika bilan baholanmoqda" - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaga evakuasiya qilinganlar orasida bo‘lgan qizning ahvoli yaxshilangan. U ambulator kuzatuv uchun chiqarildi.
AZALning Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Aktau shahri yaqinida halokatga uchradi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Grozniy ustidagi Rossiya havo hududida yuzaga kelgan jismoniy va texnik tashqi aralashuv natijasida halokatga uchragan.