Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda Malibu-2, Lacetti va Lada ishtirokidagi YTHda bir haydovchi vafot etdi

A A A
Toshkentda Malibu-2, Lacetti va Lada ishtirokidagi YTHda bir haydovchi vafot etdi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 13 iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida, 27 yoshli M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2, 32 yoshli A.Z. boshqaruvidagi Lacetti hamda 33 yoshli P.L. boshqaruvidagi bo‘lgan Lada rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 09:34 13.06.2024. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!