Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan ETK muhandislari ushlandi

Ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan ETK muhandislari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumani ETK muhandisi F.YA. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog‘och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln so‘m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog‘iga ulab berishini va’da qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.YU. Asaka tumani ETK muhandisi F.YA.dan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:48 29.03.2024. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!