Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Fuqaroga 186 mln.so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi.

A A A
Fuqaroga 186 mln.so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi.

Majburiy ijro Byurosi organlarida ijro hujjatlari ijrosini ijro etish negizida inson qadri va uning ulug‘ligi asosiy vazifalardan biridir.

Undiruvchi Z.Musurmonova ham yugur-yugurlardan charchab, qarzdor bilan o‘zaro murosa nizolar bilan yakunlanavergach, qarzdorlikni undirish maqsadida sudga murojaat qilgan.

Xususan, Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 19.01.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "A. I. F. " MCHJdan undiruvchi Z.Musurmonova foydasiga jami to‘lanmagan 186 mln. 732 ming so‘m miqdorida qarzdorlikni undirish haqidagi ijro ishi yuzasidan tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.Raxmanov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratish yuzasidan majburiy ijro choralari ko‘rilgan bir paytda, qarzdor tomonidan barcha qarzdorliklar to‘liq to‘lanib, ijro hujjati amalda tamomlanishi ta’minlandi.

Kiritildi: 20:21 11.09.2023. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!