Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Pedagogik yo‘nalishda sirtqi o‘qish uchun staj kerakmi?

A A A
Pedagogik yo‘nalishda sirtqi o‘qish uchun staj kerakmi?

Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga oid yangilikni 3 ga bo‘lish mumkin.

  • Sitrqiga qabul butunlay to‘xtatilgan 14 ta yo‘nalish;
  • 5 yil staj talab qilinadigan 5 ta yo‘nalish;
  • Istalgan abituriyent hujjat topshira oladigan qolgan yo‘nalishlar.

Prezident qaroriga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj bilan hujjat topshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;

🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

🔹 musiqa ta’limi;

🔹 jismoniy madaniyat;

🔹 texnologik ta’lim.

Ya’ni mana shu 5 ta yo‘nalishga 5 yil pedstajga ega bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshira oladi, jadvaldagi 14 ta ta’lim shakliga esa stajidan qat’i nazar sirtqi qabul butunlay to‘xtatilgan.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi. Pedagogik yo‘nalishlarni to‘liqligicha sirtqi ta’lim kvotasidan ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 10:38 07.07.2023. O'qildi: 2963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!