Istanbulda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazildi, hibsga olinganlar orasida uch nafar Turkmaniston fuqarosi bor. Bu haqda Turkiyaning Haber nashri xabar bermoqda.
Turkmanistondagi bolalar bog‘chalarida bolalar turk tilida gaplasha boshlaganidan keyin turkcha multfilmlar va dasturlarni namoyish qilish taqiqlandi, deb xabar beradi «Xroniki Turkmenistan».
8 martga qadar Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning buyrug‘iga binoan har bir ayolga 2 dollardan beriladi.
Shuningdek, prezident o‘z nomidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Turkmaniston ayollariga 60 manat (davlat kursi bo‘yicha 17,1 dollar yoki «qora bozor» kursi bo‘yicha 1,9 dollar) berishni buyurdi.
Turkmanistonda prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Alabay bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. U Turkman otining milliy kuni bilan birga nishonlanadi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 22 fevral kuni ishchi yig‘ilish o‘tkazdi, unda Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi va Ashxobodning 140 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboyevning o‘limiga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Og‘ir jarohatlar tufayli vafot etgan o‘spiringa aniq nima bo‘lganligi hali ham ma’lum emas. Bu haqda "360." telekanaliga Turkmen.news veb-saytining bosh muharriri Ruslan Myatiyev so‘zlab berdi.
Turkmaniston fuqarolari Istanbulda 2 million lira (284,6 ming dollar) miqdoridagi o‘g‘rilik uchun hibsga olingan. Bu haqda Turkiyaning Atv telekanali xabar berdi.
Turkmanistonlik erkak qizi va nabirasini o‘ldirdi. Turkmen.news manbalariga ko‘ra, jinoyat uzoq davom etgan oilaviy mojaro tufayli kelib chiqqan.
17 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Turkmanistonning Axal viloyati, Baxarden tumanida bo‘lib o‘tgan jang san’ati turlaridan biri bo‘yicha musobaqa tugaganidan so‘ng, 14 yoshli g‘olib Sulaymon Tursunboyev sportchi yoshlar tomonidan noma’lum tomonga olib ketildi. O‘smir qattiq kaltaklandi va og‘ir ahvolda ko‘chaga tashlab ketildi turkmen.news.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining 39 yoshli o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovni bosh vazir o‘rinbosari va Oliy nazorat palatasi (moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat nazorati organi) raisi etib tayinladi, shuningdek, uni Turkmaniston Davlat xavfsizlik kengashi tarkibiga kiritdi. Bu haqda Turkmenportal xabar bermoqda.