Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

8 martga qadar har bir ayolga 2 dollardan pul beriladi — Prezident

8 martga qadar har bir ayolga 2 dollardan pul beriladi — Prezident

8 martga qadar Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning buyrug‘iga binoan har bir ayolga 2 dollardan beriladi.

Berdimuhammedov o‘z nomidan 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Turkmaniston ayollariga 60 manat (davlat kursi bo‘yicha 17,1 dollar yoki qora bozor kursi bo‘yicha 1,9 dollar) berishni buyurdi. Bu haqda TDH davlat axborot agentligi xabar berdi.

Pul sovg‘alarini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar muassasa va tashkilotlarda ishlaydigan, pensiya, nafaqa va stipendiya oladigan ayollar hamda maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari oladi. Uy bekalari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bu pul berilmaydi.

O‘tgan yili Turkmaniston ayollariga 60 manatdan berilgandi, o‘shanda bu miqdor 3 dollarga teng edi.

Kiritildi: 19:29 04.03.2021. O'qildi: 11206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!