AQShdagi Pew Research Center o‘tkazgan so‘rov xulosasiga ko‘ra¸ Amerika prezidenti Donald Tramp dunë rahbarlari orasida eng ishonchsiz yetakchi deb topildi. So‘rovda¸ aytilishicha¸ 25 davlatda yashovchi 26 ming odam ishtirok etgan.
AQSh prezidenti Donald Trampning Tennessi shtatidagi o‘z tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida bildirishicha, demokratlar siyosati Qo‘shma Shtatlar ko‘chalarida jinoyatchilarning «suvdek ko‘payib ketishiga» olib kelishi mumkin. Trampning nutqi translyasiyasi CNN telekanali tomonidan efirga uzatildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanda umrida spirtli ichimlik, hattoki pivo iste’mol qilmaganini aytdi.
Vladimir Putinga Donald Trampdan ko‘ra ko‘proq ishonishadi. Amerikaning Pew Research Center tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 250 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish nazarda tutilgan byudjet qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda RIA «Novosti» Ukrainaning AQShdagi elchixonasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ford Motor Co. bosh direktori Jim Xekett Donald Tramp tomonidan alyuminiy va po‘lat olib kirishga boj joriy etilishi kompaniyaga 1 mlrd dollar zarar keltirishini aytganidan so‘ng Ford aksiyalari narxi 1%ga tushdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Petr Poroshenko o‘zlarining bir xil rangdagi kostyumi va galstuklari bilan ijtimoiy tarmoqlarda kulguga sabab bo‘lishdi, RIA Novosti xabariga asosan.
AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi ochilishidagi nutqi vaqtida ishtirokchilar uning ustidan kulishmaganini aytdi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma’lum qilishicha, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga tayyordir. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».
AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning bir xil kostyumdagi surati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp neft narxi oshmasligini istar ekan, u Yaqin Sharq ishlariga aralashishni to‘xtatishi kerak, deya malum qildi Eron neft vaziri Bijan Zangane.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi vaqtida AQSh prezidenti Donald Trampning «Eron rejimini ajratib qo‘yish» zarurligi haqidagi so‘zlariga tanqid bilan javob qaytardi, biroq Qo‘shma Shtatlar yoki mamlakat yetakchisi nomini tilga olmadi.