Saudiya jurnalisti Jamol Qoshiqchi (g‘arb ommaviy axborot vositalarida Xashoggi)ning turkiyalik qallig‘i, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Oq Uyga kelish uchun bildirigan taklifga javob qaytardi.
2018 yilgi paxta terimi mavsumida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani, paxta terimiga yetarli miqdorda terimchilar jalb eta olmagani uchun respublika bo‘ylab 10ta tuman va shahar hokimlari ishdan bo‘shatilishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner biznesi muvaffaqiyatli rivojlanayotgani va boyligi ortib borayotgan bo‘lishiga qaramay, bir necha yil davomida daromad solig‘ini to‘lamagan. The New York Times shu haqida xabar berdi.
AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar saudiyaliklar jurnalist Jamol Xoshuqjini Turkiyadagi konsullikda o‘ldirgani aniqlansa, Saudiya Arabistonini «qattiq jazo» kutmoqda. «Biz buning tagiga yetamiz va jazo qattiq bo‘ladi», - dedi prezident «SBS» telekanaliga bergan intervyusida.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, AQSh mudofaa vazirligi uning ko‘rsatmasi bilan Rossiya va Xitoy koinot kuchlarni yaratishni allaqachon boshlagan va bu borada Vashingtonni ortda qoldirgan bir sharoitda bunday kuchlarni yaratishni boshladi. Bu haqda Tramp Richmond shahridagi namoyishda aytib o‘tdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Turkiya amerikalik pastor Endryu Bransonning hibsdan ozod etilganidan so‘ng ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Branson bilan Oq uyning Ovalsimon kabinetida uchrashganida aytib o‘tgan.
AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar saudiyaliklar jurnalist Jamol Xoshuqjini Turkiyadagi konsullikda o‘ldirgani aniqlansa, Saudiya Arabistonini «qattiq jazo» kutmoqda.
Izmir sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilgach “Turkiya sudi o‘z qarorlarini mustaqil ravishda chiqaradi”, deb yozgan o‘z Tvitterida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShlik hamkasbi Donald Trampga murojaat qila turib.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritmoqchi va agarda buning ortida Ar-Riyod turgan bo‘lsa, "keskin jazo" bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama 2016 yilda prezidentlikka nomzod Donald Tramp mag‘lub bo‘lganida va saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, o‘ziga reja tayyorlab qo‘ygan, deb yozmoqda New York Magazine Obamaning ikki nafar sobiq maslahatchisi - kommunikasiyalar bo‘yicha sobiq yordamchi Jennifer Psaki va uning spichrayteri Ben Roudsga tayangan holda.
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Xitoy AQSh sanksiyalariga qarshi javob qaytaradigan bo‘lsa, qiymati 267 mlrd AQSh dollariga teng qo‘shimcha boj tariflarini belgilash bilan tahdid qildi. Bu haqda "Reuters"ga tayanib, Turon24 xabar beradi.
Kecha, 9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan bo‘ladigan keyingi sammit qachon o‘tishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sammit 6 noyabr kuni AQShda o‘tkaziladigan kongress saylovlaridan so‘ng bo‘lib o‘tishi rejalangan.