AQSh prezidenti Donald Tramp neft narxi oshmasligini istar ekan, u Yaqin Sharq ishlariga aralashishni to‘xtatishi kerak, deya malum qildi Eron neft vaziri Bijan Zangane.
“Tramp Eronning neft eksportini keskin pasaytirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, mahsulot narxi oshmasligini istamoqda. Lekin bu ikki narsa bir vaqtda sodir bo‘lishi mumkin emas”, deb aytdi Zangane.
Malumot uchun, shu hafta neftning narxi so‘nggi to‘rt yillikdagi rekord darajaga chiqdi. Tramp esa, nafaqat OAVlarda, balki BMT Bosh Assambleyasida bu voqeadan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi.
Manba: qalampir.uz