Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Donald Tramp — dunëdagi eng ishonchsiz davlat rahbari

A A A
Donald Tramp — dunëdagi eng ishonchsiz davlat rahbari

AQShdagi Pew Research Center o‘tkazgan so‘rov xulosasiga ko‘ra¸ Amerika prezidenti Donald Tramp dunë rahbarlari orasida eng ishonchsiz yetakchi deb topildi. So‘rovda¸ aytilishicha¸ 25 davlatda yashovchi 26 ming odam ishtirok etgan.

Germaniya kansleri Angela Merkel dunë bo‘ylab eng ishonchli davlat rahbari deb topilgan va so‘ralganlarning 52 foizi Merkelga ishonch bildirgan.

So‘rov xulosasiga ko‘ra¸ ishonch darajasi bo‘yicha Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikkinchi¸ Xitoy prezidenti Si Szinpin uchinchi o‘ringa qo‘yilgan.

To‘rtinchi pog‘onaga qo‘yilgan Rossiya prezidentiga so‘ralganlarning 30 foizi ishonch bildirgan¸ 62 foizi unga ishonmasligini aytgan.

Ishonchsizlik bo‘yicha eng yuqori reytingni qo‘lga kiritgan Trampga¸ so‘ralganlarning 70 foizi ishonmasligini aytgan.

Tramp barobarida¸ xalqaro so‘rov xulosasiga ko‘ra¸ AQSh reytingi ham keskin pasaygan. So‘ralganlarning aksariyati Vashington tashqi siësatidan norozi ekanini bildirgan.

Kiritildi: 11:33 03.10.2018. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik