Tolibon Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng Vashington ularni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashini kutmoqda. Bu haqda Afg‘oniston Tolibon harakati Siyosiy byurosi rahbari Suhayl Shoxin ma’lum qildi , deya xabar beradi «RIA Novosti» .
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning kuyovi va sobiq maslahatchisi Jared Kushner Oq uyning yangi ma’muriyatiga qaytmaydi. Bu haqda Financial Times manbalarga tayanib yozmoqda .
AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng AQSh saylov tizimiga ishonch bildirdi va yangi davlat rahbariga vakolatlarni tinch yo‘l bilan o‘tkazishga va’da berdi. Uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters .
Donald Trampning saylovoldi tashviqoti paytida gapirgan Ukraina uchun yagona tinchlik rejasi yo‘q, ammo ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri bu mojaroni to‘xtatib, haqiqiy front chizig‘i bo‘ylab chegaralarni belgilash va 1300 kilometr uzunlikda demilitarizasiya zonasini yaratishdir. Bu haqda Wall Street Journal Tramp jamoasidagi manbalarga asoslanib yozmoqda.
Bu fikr Shveysariya gazetasi maqolasida keltirilganTages-Anzeiger.
Bu haqda TASS xabar berdi.
SpaceX asoschisi va AQSh prezidenti lavozimiga saylangan Donald Trampning ochiq tarafdori Ilon Maskning boyligi 26,5 milliard dollarga oshdi. Bu uning Tesla kompaniyasi aksiyalari deyarli 15 foizga qimmatlashgani tufayli yuz berdi.
Trampning Isroil va G‘azo bo‘yicha bayonotlari:
Respublikachi Donald Trampning inaugurasiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan. Bu haqda USA Today xabar bermoqda.
AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijasi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, g‘olib nomi allaqachon ma’lum: respublikachilar nomzodi Donald Tramp demokratlar vakili Kamala Harrisni sezilarli farq evaziga yutdi. 2017-2021 yillarda Qo‘shma Shtatlarga rahbarlik qilgan Tramp yana Oq uyga qaytmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Bu galgi saylovda Donald Tramp va Kamala Xarris o‘zaro kurash olib bordi.