Venesuela rahbari Nikolas Maduro Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, urushlarga chek qo‘yishiga umid bildirdi.
Bu haqda TASS xabar berdi.
«Umid qilamanki, Tramp urushlarni tugatadi», dedi prezident Trampning bayonotlariga ishora qilib.
«Venesuelaning o‘ziga xosligi va tarixi bor va u bu qadriyatlarni Qo‘shma Shtatlar xalqi bilan baham ko‘radi, ulardan biri biz urushga yo‘q deymiz», dedi Maduro.
Venesuela yetakchisining ta’kidlashicha, Tramp saylovoldi tashviqoti chog‘ida AQShning ichki rivojlanishiga e’tibor qaratishga, Ukraina va Falastin hududlaridagi mojarolarga chek qo‘yishga va’da bergan. Shuningdek, u «AQShning saylangan prezidenti uchun tinchlikka erishish va Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari bilan oldingi munosabatlarni o‘zgartirish uchun oltin imkoniyat borligini» ta’kidladi.