Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda

A A A
Bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda

12 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Z.F. IIBga murojaat qilib, shu yil 11 iyul kuni birga yashovchi 26 yoshli jiyani Zafar Najmiddinov boshqaruvidagi  davlat raqami 01 D 081 AV  bo‘lgan “Neksiya” rusumli  avtomashinani uyidan haydab chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Uni qidirib topish choralari ko‘rilgan, deb yozmoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Hurmatli fuqarolar, orangizda kimda kim Zafar Najmiddinov va uning boshqaruvidagi davlat raqam belgisi  01 D 081 AV  bo‘lgan “Neksiya” rusumli  avtomashina haqida ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 18:20 13.07.2018. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik