Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda milliy valyutani qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslarning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan 13-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari maktab ma’muriyati tomonidan maktab hududida majburiy mehnatga jalb etilganligi haqida fotolavhalar joylashtirilgan.
4 avgust kuni Toshkent shahar hokimiyatida Italiyaning Waste to Energy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida yong‘in yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yil 3 avgust kuni soat 23:16 da Toshkent shahar YOXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 3 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Olmazor dahasida yashovchi S.M. mast holda uyida janjal chiqargan.
Toshkent shahar Olmazor tumani Jinoiy ishlar bo‘yicha sudida taniqli tadbirkor Jahongir Umarovga nisbatan sud tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan inkassatorlik mashinasi haydovchisiga ikki yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qilish va ikki yil davomida avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi media markazi xabar qildi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani, Xonobod mahallasida uch nafar bolani o‘ldirgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Zohid Otaboyev o‘z jinoyatlarini qo‘shnilaridan o‘ch olgani bilan izohladi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Toshkent shahar IIBB avtomobillar davlat raqam belgilarining noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlanayotgani haqida xabar bergandi. Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Chust va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalarida to‘xtab turgan avtomobillardan davlat raqamlari belgilarini yechib olgan huquqbuzar bog‘lanish uchun Telegram-kanal nomini yozib qoldirgan, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi M.J. 1 avgust kuni Epica mashinasida Qumariq ko‘chasida yo‘lovchi sifatida o‘tirgan maktab o‘quvchisi K.M. ismli qizni uyi oldiga olib borib qo‘yadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
8 yil davomida 3 nafar qo‘shnisining turli yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirgan Zohid Otaboyev umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.