Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga noqonuniy olib o‘tishga urinish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlarini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29 iyul kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro D.Abduvaliyev yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahrining bozorlaridagi savdo shoxobchalari va yirik savdo tarmoqlarida o‘tkazilgan nazorat xaridlari natijasida tekshiruvdan o‘tkazilgan 20 ta mahsulotdan 13 tasining ko‘rsatkichlari me’yor talablariga javob bermadi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida 30 iyul kuni “Neksiya” va “Matiz” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan o‘zini-o‘zi boshqaradigan avtomobil yaratilmoqda.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so‘raymiz!” - deyiladi shahar hokimligi saytida.
Ushbu holat yuzasidan tergov oldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 29 iyul kuni Toshkent viloyatida yashovchi M.R. ismli ayol tomonidan IIBga murojaat kelib tushgan.
Eng yaqin qarindoshlar, kichik jamoa, kelin-kuyovning oila a’zolari ishtirokida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “Tarona” to‘yxonasida o‘tgan Ubaydullabek va Munojotxonlarning visol oqshomiga 100 ta mehmon tashrif buyurdi.
Toshkent shahar IIBBga poytaxt aholisidan motosiklning dvigatel ovozi odamlarning tungi oromini buzayotgani haqida juda ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda.
Toshkentda firibgarlik, zo‘ravonlik hamda transport vositalarini olib qochish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga oid tergov-surishtiruv ishlari yakuniga yetkazildi.
Joriy yil 28 iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrida olib borilgan tungi patrullash tadbirlari vaqtida 8 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanib, qo‘lga olindi.