8 yil davomida 3 nafar qo‘shnisining turli yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirgan Zohid Otaboyev umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
Ko‘pgina davlatlarda “aqlli” shaharlarni yaratish masalasi ko‘ndalang turganda, biz megapolisga aylantirishni ko‘zlagan Toshkent shahrida hamon oddiygina mashinalar uchun turargoh masalasini hal eta olmayapmiz.
Toshkent viloyati Bekobod tumanida giyohvand moddalar jinoyatchiligiga qarshi navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
«Gazeta.uz» o‘quvchilaridan biri yuborgan avtomobil videoregistratoridagi yozuvda yaqinda ta’mirdan chiqarilgan Baynalmilal ko‘chasida ommaviy ravishda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanish ko‘rinishidagi Yo‘l harakati qoidalarini buzish holati qayd etilgan.
Toshkent shahar hokimligi qoshidagi yo‘l harakatini boshqaruv texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamenti piyodalar o‘tish joyiga birgina svetofor o‘rnatish ishini 26 kunga cho‘zgan.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabar qilishicha, “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan chegara bojxona postiga “Toyota Aristo” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan K.E. og‘zaki savol-javob qilinib, uning boshqaruvidagi transport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
inDriver yo‘lovchi tashish mobil servisi toshkentliklar bir yilda 60 soat vaqtini taksida o‘tkazishlarini aniqladi.
Bemor bolani poytaxtimizdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga qabul qilishmadi. Nima uchun?
Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan birida 84 yoshli qariyaning jasadi topilgani haqida xabar kelib tushdi.
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31 iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 137-km.da haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.YU. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov OTMlarga kirish imtihonlarining birinchi kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xalq so‘zi»xabar qildi.
Toshkent shahrida avval berkitilgan Fidokor ko‘chasining Oybek ko‘chasiga chiqish qismi transport vositalari harakati uchun ochildi.